AICP Tashkent
Bizning akademiya xalqaro standartlarga asoslangan holda fashion dizayn va kiyim konstruksiyasi yo‘nalishlarida yuqori sifatli ta’limni taqdim etadi. Ta’lim jarayoni nazariya va amaliyot uyg‘unligida olib borilib, talabalar zamonaviy texnologiyalar va professional metodikalar asosida bilim oladilar.
O‘quv dasturlari Fransuz fashion maktablarining ilg‘or tajribasiga tayangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarga real loyihalar orqali amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi.z`
Akademiya bitiruvchilari sanoat talablariga mos, mustaqil fikrlovchi va yuqori malakali mutaxassislar sifatida shakllanadi.